Medovik (Yangi Recept) - Forum
Dushanba, 2016-12-05, 1:36 PM Hush Kelib Siz, Mehmon

Bosh Sahifa | Forum | Soft/Programmalar | Bu Yerda Hamma Narsa! | Web-Masterlarga | Tv va Radio |
[ Yangi Hatlar · Azolar · Forum rules · Izlash · RSS ]
Page 1 of 11
Forum » INTERNET/GAMES/SPORT/TIBBIYOT/PAZANDALIK/XABARLAR/FAN VA TALIM. » PAZANDALIK/GO'ZALIK VA SALOMATLIK SIRLARI » Medovik (Yangi Recept)
Medovik (Yangi Recept)
ADMINDate: Seshanba, 2011-01-11, 9:34 PM | Message # 1
Administirator
Group: Admin
Messages: 22
Status: Saytda Emas
Tak, Medovik Yangi recept.

Kerakli masalliqlar:
6 tuhum
350gr. shakar
150gr. un

250gr. margarin
7 katta qoshiq asal
0,5 katta qoshiq soda

Krem uchun:
1 sgushenniy moloko
250gr. saryog'

Kattaroq idishda 6tuhumni sarig'idan ajratib oqini ko'pirtirib olasiz va shakarni solib yana ko'pirtirasiz. Birma-bir tuhum sariqlarini qo'shib yana ko'pirtirasiz.
Gazda past olovda erigan margarin, asal va soda aralashmasini qo'shasiz . Yahshilab aralashtirib, sekin asta unni sola boshlaysiz. Quymoqsifat hamir bo'ladi.
Duxovkani 400'Fda list bilan qizdirib oling. Qizigan listga biroz un sepib hamirdan ozroq quying. Va duxovkaga hamir qizarguncha qo'ying. Qavatlar tez va shishib pishadi. 6 qavat chiqadi, shunga qarab hamiringizni ajrating.


Eslatma: Hamir listga yopishadi, listdan ehtiyot bo'lib ajratish kerak. Listga yopishgan bo'laklarini ham ajratib olsangiz, ustini bezashga yaraydi. Menda birinchi sloy judayam yumshoq va listga yopishib qolgani uchun hamirimni qolganiga yana ozroq un qo'shvorib pishirdim. Va listga qolgan qavatlar uchun tagiga qog'oz qo'ydim. Shunisi ancha oson bo'ldi

Sovugach, kremni surtib holodilnikka 2soatga qo'yib keyin kesib yeyavering. Yoqimlik ishtaha


Assolomu Alaykum Va Rahmatullohu Va Barakatuhu
 
Forum » INTERNET/GAMES/SPORT/TIBBIYOT/PAZANDALIK/XABARLAR/FAN VA TALIM. » PAZANDALIK/GO'ZALIK VA SALOMATLIK SIRLARI » Medovik (Yangi Recept)
Page 1 of 11
Search: